Xalqaro kuzatuvchilar Surxondaryo viloyatida
Bugun – missiyasining birinchi kunida xalqaro kuzatuvchilar viloyat hududiy saylov komissiyasi faoliyati bilan tanishdi. HSK raisi Zebuniso Alimardonova yangilangan saylov qonunchiligi bo‘yicha o‘tkaziladigan bu yilgi saylovlarning o‘ziga xos xususiyatlari, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
O‘zaro muloqot chog‘ida xalqaro kuzatuvchilar shu paytgacha tanishganlari asosida viloyatimizda saylovlarga tayyorgarlik borasida olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadi.