Rasmiy munosabat

Termiz shahridagi “Alpomish” mahallasi "Madaniyat" koʻchasida “Janub yoʻl loyiha” MCHJning loyihasi asosida Denov TYFUK tomonidan qurilish ishlari olib borilgan boʻlib, ushbu loyihada koʻchaning koʻkalamzorlashtirish hududi va sugʻorish tizimi ham koʻzda tutilgan.

Mazkur koʻchaning koʻkalamzorlashtirish hududiga gazon ekilib, oʻz vaqtida yoʻqotishlarsiz unib chiqishi uchun sugʻorish tizimi yuqori bosim ostida ishlatilganligi sababli murojaatdagi holat kuzatilgan bo'lib, bugungi kunda esa ushbu kamchilliklar bartaraf etilib, sugʻorish tizimi meʼyorlashtirilganligi hamda piyodalar yoʻlagida harakatlanuvchi piyodalarga noqulayliklar tugʻdirmaydigan ko'rinishga keltirilgan.