PRESS-TUR O‘TKAZILDI

Termiz shahridagi mavjud 37 ta mahalla fuqarolar yig’inlarida 45 566 ta xonadonda jami 201 580 nafar fuqarolar istiqomat qiladi.

Jami mehnat resurslari 136 910 nafar fuqarolarni tashkil etadi.

Shundan iqtisodiy faol aholi 92 581 nafar, iqtisodiyot tarmoqlarida bandlar 86 963 nafar, ishga joylashtirishga muhtoj fuqarolar 6 954 nafarni, ishsizlik darajasi 6,1 foizni tashkil etadi.

Hurmatli Prezidentimiz tomonlaridan joriy yilning
 9-yanvarida “2024 yilda yangi ish o’rinlarnini tashkil etish va aholi bandligiga ko’maklashish dasturlarini tasdiqlash haqida”gi PQ-7-sonli qarorlari qabul qilindi.

Bundan kelib chiqib, shaharning bandlik dasturlari qabul qilindi.

Jumladan, Termiz shahrida 2024 yildagi yangi ish o’rinlarnini tashkil etish va aholi bandligiga ko’maklashish dasturiga asosan joriy yilda 11 704 nafar (4 232 nafar doimiy, 40 nafar mavsumiy,
7 432 nafar vaqtinchalik) fuqarolarning doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda bandligini ta’minlash belgilangan.

Yillik ish o’rinlarini sohalar kesimida aytib o’tadigan bo’lsak:

-Yirik va hududiy investisiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga 1 012 nafar,

-Xizmat ko’rsatish va tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 9 840 nafar,

- Qurilish sohasida aholini band qilish hisobiga 800 nafar fuqarolarning bandligini ta’minlash belgilangan.

Belgilangan ish o’rinlarini oyma-oy bajarilishini ta’minlash va “Yagona milliy mehnat tizimi”da aks ettirish yuzasidan joriy yilning 8 oyi uchun jami 5180 nafar fuqarolarni tarmoqlar bo’yicha bandligini ta’minlash rejasi belgilangan bo’lib, amalda 12 889 nafar ish o’rinlari soliq hisobotlarida aks ettirilib rejaga nisbatan
248,8 foizga ortig’i bilan bajarildi.

Bunda, doimiy ish o’rinlarini 11965 nafar 229,3 foizga, mavsumiy ish o’rinlarini 723 nafar 460,3 foizga va vaqtinchalik ish o’rinlarini 201 nafar 231,1 foizga bajarildi. Shundan sakkiz oyda 1051 nafar norasmiy xodimlarning faoliyati rasmiylashtirildi. (Legallashtirishdi). Bu bo’yicha ishlarni davom ettirilmoqda.

Yaratilgan ish o’rinlarini sohalar kesimida yanvar va aprel oylarini tahlil etadigan bo’lsak;

Investisiya loyihalari 164 nafardan 328 nafarga bajarilgan
200,0 foizga

Xizmat ko’rsatish sohasida 4456 nafardan 11064 nafarga
248,3 foizga

Qishloq xo’jaligi sohasida 31 nafardan 719 nafarga
4 foizga

Qurilish sohasida 529 nafardan 778 nafarga 147,1 foizga bajarildi.

Ushbu ishlarni doimiy ravishda davom ettirgan holda 3-chorak uchun belgilangan reja ko’rsatkichlarini keyingi hisobot davrida ortig’i bilan bajarilishini ta’minlaymiz.

Aholini biznesga jalb qilish bo’yicha 7 944 nafar (6 816 nafar o’zini o’zi band qilish, 411 ta yakka tartibdagi tadbirkor tashkil etish, 717 ta tadbirkorlik tashkil qilish) maqsadli ko’rsatkichlarni mahallabay, oylar va choraklar kesimida belgilab olganmiz.

Bulardan kelib chiqib, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida

O’zini o’zi band qilish hisobiga 8 oylik rejasi 4146 nafar bo’lib, 11010 nafarga yoki 5 foizga

Yakka tartibdagi tadbirkor tashkil etish hisobiga 8 oylik rejasi 274 ta bo’lib, 749 taga yoki
273,3 foizga tadbirkorlik subyekti tashkil etish hisobiga 8 oylik rejasi hisobiga 478 ta bo’lib bajarilishi 749 taga yoki 156,6 foizga bajarilgan. Bu bo’yicha kunlik ishlar olib borilmoqda.