HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Bugun 9 yanvar kuni Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdievning “Hokim va yoshlar” loyihasi doirasida yoshlar bilan uchrashuvi o`tkazildi Hokim yoshlar bilan uchrashib, ularning taklif va tashabbuslari bilan tanishdi.

Uchrashuvda I.Xudoyberdiev yoshlarga shahrimizda olib borilayotgan keng ko`lamli o`zgarishlar, yangilanishlar, kelgusidagi istiqbolli rejalar haqida batafsil ma`lumot berdi. Ayni vaqtda barcha sohalarda malakali kadrlarga ehtiyoj yuqoriligini, belgilangan loyihalarni amalga oshirishda yetuk kadrlarning roli katta ekanligini takidladi.

Ochiq va samimiy ruhda o`tgan uchrashuvda 17 maktabning yosh ijodkor o`quvchilari Muxlisa Abdug`anieva va Feruza Xasanovalar o`z ijod namunalarini kitob qilib chiqarishda amaliy yordam so`rab qilgan murojaati joyida ijobiy yechim topdi. Hokim tomonidan har ikki o`quvchining kitoblari bir xafta muddatda 500 nusxadan chiqarilib va 17 maktabda taqdimotini o`tkazish bo`yicha mutassadilarga topshiriq berildi va taqdimotda shaxsan o`zi ishtirok etishini ma`lum qildi.

Uchrashuv so`ngida I.Xudoyberdiev shaharning barcha darajadagi rahbarlari yoshlarning g`oya va tashabbuslarini, yangi loyihalarini har taraflama qo`llab-quvvatlab, muammolarini hal etishga, ularning ta`lim olishi, kasb-hunar egallashi, porloq istiqboli uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanliklarini ta`kidladi. Yoshlarni a`lo baholarga o`qish va izlanishga, o`z salohiyatini yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo`lida sarflashga undadi.