Novosibirsk delegatsiyasi Surxondaryoga tashrif buyurdi !
Martalabali mehmonni Termiz xalqaro aeroportida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov kutib oldi.
Tashrif 17-20-sentyabr kunlariga mo‘ljallangan bo‘lib, erkin iqtisodiy zona, logistika markazlari, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishuv, vohamizdagi tarixiy va diqqatga sazovor joylarga tashrif hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.