Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
Unda hududlardan saylangan viloyat va tuman kengashi deputatlari, sektor rahbarlari hamda mutasaddilar, shuningdek, mahalla "yettiligi" a’zolari ishtirok etdi. Yig‘ilishda joriy yilning o‘tgan davrida erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sohalar, tarmoqlar va yo‘nalishlar kesimida tahlil qilindi. Faoliyatida salbiy ko‘rsatkichlarni qayd etgan mas’ullarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Yil yakuniga qadar erishilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.