TERMIZ SHAHRIDA NAVBATDAGI JINOYATCHILIK MUHOKAMASI HAMDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishda javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash bilan birga, jamoatchilik ishtirokida jinoyat va uning salbiy oqibatlarini muhokama qilib borish ham sodir etilishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olishga xizmat qiladi.
Keng jamoatchilik vakillari va mutasaddilar ishtirokida sodir etilgan og‘ir turdagi jinoyatlar muhokama etildi.
Yig‘ilishda, atrofda bo‘layotgan har qanday voqea va hodisaga e’tiborli bo‘lish, unga dahldorlik hissi bilan yashashgina jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishdagi eng samarali vosita ekanligi tushuntirildi.