Termiz shahrida 100 dan ortiq xotin-qizlarni jamlagan tadbir bo'lib o'tdi
Termiz shahar hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda, viloyat hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Xidirova hamda viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.Eshimova, tuman Tibbiyot birlashmasi onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosari Xurshida Xursandova, shahar hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G. Rahmonova hamda mahalladagi xotin-qizlar faollari patronaj hamshiralari ishtirok etdi.
Unda, oiladagi tibbiy madaniyatni rivojlantirish ona va bola salomatligini ta’minlash yo‘lida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar, shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida turli xildagi onkologik kasalliklarni barvaqt aniqlash, onalar o‘limi, bolalar o‘limi holatlarini keskin kamaytirish, tug‘ruqlar o‘rtasidagi intervallarga amal qilish hamda nogiron farzandlar tug‘ilishini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni amalga oshirishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida fikrlar almashildi.