Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Xitoyga tashrifi Xebey provinsiyasida davom etdi. Delegatsiyamiz dastlab, Shiszyachjuan shahrida ikki tomon rasmiylari hamda 200 ga yaqin ishbilarmon doira vakillari ishtirokida tashkil etilgan biznes forumda qatnashdi.

Forumda ikki tomon rasmiylari, yirik kompaniyalar vakillari so‘zga chiqib, hududlarning savdo-iqtisodiy, ilmiy texnikaviy, ijtimoiy madaniy salohiyati to‘g‘risida taqdimot qildi. Xususan, viloyatimiz rahbari Ulug‘bek Qosimov o‘z so‘zida vohamizning mavjud imkoniyatlari bilan tanishtirib, Xitoy kompaniyalari bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, forum doirasida Surxondaryo va Xebey tadbirkorlari, ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida tor doiradagi muzokalar, turli loyihalar yuzasidan muhokama o‘tkazildi. Yakunda tomonlar uchun manfaatli va istiqbolli kelishuvlarga erishildi.