Termiz shahridagi “Alpomish” kurash majmuasi rekonstruksiya qilindi

Termiz shahrida joylashgan “Alpomish” kurash majmuasi rekonstruksiyasi uchun 26 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, loyiha doirasida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Bugun mazkur majmuaning foydalanishga topshirish tadbirida viloyat hokimining o‘rinbosari Ilhom Saparov, sport boshqarmasi mutasaddilari, kurash faxriylari, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etdi.

Majmua yakkakurash sport turlariga ixtisoslashgan bo‘lib, yoshlarimizning sport bilan muntazzam shug‘ullanishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati