Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”

Bu yil Mustaqilligimizning 33-yilligi ana shu shior ostida nishonlanadi.

“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra shuningdek:

Mustaqillik bayrami Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar hamda tumanlar, qishloq va ovullarda munosib nishonlanadi;

Hududlarda atoqli ilm-fan namoyandalari, madaniyat va san’at arboblari, taniqli sportchilar, keng jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar tashkil etiladi;

“Ona diyor – ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulug‘, eng aziz” kabi eng yaxshi qo‘shiq va musiqa asarlari an’anaviy ko‘rik-tanlovlarining yakuniy bosqichlari o‘tkaziladi.

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati