Termiz shahar | Janubda Vatan tayanchi otryadi a'zolariga imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi.

Termiz shahridagi "Vatanparvarlar bog‘ida" Surxondaryo viloyati tuman va shahar umumta'lim maktablarining "Vatan tayanchi" bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faol a'zolariga " imtiyozli tavsiyanomalarni topshirish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda Surxondaryo viloyat mudofaa ishlar boshqarmasi, faxriylar kengashi raisi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoq viloyat Kengashi, harbiy xizmatchilari, ota-onalar hamda yoshlar ishtirok etishdi.

So‘zga chiqqanlar bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda imtiyozlar haqida tushunchalar berib, ulardan unumli foydalanib yurtimizga munosib farzand bo‘lib yetishishlari takidlandi. Tadbirga harbiy orkestir jamoasi tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar hamda Faxriy qorovul shaxsiy tarkibining sahna chiqishlari oʻzgacha zavq bagʻishladi.