Onlayn qabul: Shahar va tumanlar studiyalari orqali 837 nafar fuqaroning murojaati tinglandi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xalq qabulxonalari orqali viloyat rahbarining qabulini so‘ragan hamda turli masalalarda murojaat qilgan fuqarolarning muammolarini tinglash maqsadida navbatdagi onlayn qabulini o‘tkazdi.

Viloyat rahbari Termiz shahri va tumanlar studiyalari orqali fuqarolarning davolanish, uy-joy olish yoki qurish uchun subsidiya olish, yo‘llarni ta’mirlash, ishga joylashish, o‘zini o‘zi band qilish uchun jihoz ajratish, elektr energiya va ichimlik suvi ta’minoti, kadastr, maktab va maktabgacha ta’lim tizimidagi muammolar hamda boshqa masalalardagi murojaatlarini mas’ullar ishtirokida tingladi.

Angor tumani hokimligi studiyasi orqali o‘tkazilgan qabul davomida qator murojaatlarning yechimi yuzasidan mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi. Ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qilinadigan murojaatlar yuzasidan sohalar va tarmoqlar hamda hududlar rahbarlariga aniq muddatlar bilan ijroga yo‘naltirildi.