Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Termiz shahri va Jarqo‘rg‘on tumanidagi qator obyektlar hamda taqdimotlar bilan tanishdi.

Xususan, Termiz shahrida maktab binosini mukammal ta’mirlash jarayonlari, zamonaviy chiqindi yig‘ish punkti faoliyati, At-Termiziy shoh ko‘chasining 2,7 km qismini to‘liq ta’mirlash hamda 300 o‘rinli tibbiyot klasterini tashkil etish ishlarining borishi o‘rganildi. “Zoom” platformasi orqali shahar va tumanlarda og‘ir hudud sifatida tanlab olingan 15 ta mahalla foydalanishga topshirildi.

Jarqo‘rg‘on tumanida avtoshohbekatda yangidan yo‘lga qo‘yilayotgan avtobus yo‘nalishlari taqdimoti hamda “Yangi O‘zbekiston” massivida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.