Termiz shahrida tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi

Termiz shahridagi 26-umumta'lim maktabida o‘tkazilgan uchrashuvda respublika "Nuroniy" jamg‘armasi raisi S.Turdiyev, viloyat "Nuroniy" jamg‘armasi raisi O.Soatov, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyev, ta'lim-tarbiya tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan nuroniy ustozlar, bugungi kunda minglab shogirdlarga tahsil berib kelayotgan faol o‘qituvchilar hamda barcha sohada katta yutuqlarga erishib kelayotgan o‘quvchilar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida nuroniy onaxon va otaxonlarimizning pand-nasihatlari bugungi kun yoshlari uchun ibrat maktabi bo‘lishi ta'kidlandi.

Viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan namoyish etilgan badiiy qism yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi. Tadbir yakunida faol nuroniylar, ustozlar va o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati