BRIFING

2024 yil 6 oyi davomida shahar hududida jami 219 ta jinoyat sodir bo‘lgan, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davrida 222 ta sodir etilib -3 ta yoki -1,4 foizga kamayishiga erishildi.

Oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar 142 ta sodir bo‘lgan, o‘tgan yilning shu davrida 179 ta sodir etilib -37 taga yoki -20,7 foizga kamayshiga erishilgan. Aniqlanadigan jinoyatlar 77 ta aniqlangan o‘tgan yilni shu davrida 43 ta sodir etilib, -34 taga yoki 79,1 foizga oshgan.

Qotillik jinoyati  sodir bo‘lmagan, o‘tgan yil 1 ta sodir etilgan -100 foizga kamaygan. Nomusga tegish jinoyati sodir bo‘lmagan o‘tgan yil 2 ta sodir bo‘lgan -100 foizga kamaygan. Talonchilik 1 ta sodir etilgan, o‘tgan yil 2 ta sodir etilib -50 foizga kamaygan. Firibgarlik jinoyati 26 ta sodir bo‘lgan o‘tgan yil 31 ta sodir bo‘lgan -16,1 foizga kamaygan. Tovlamachilik jinoyati 1 ta sodir bo‘lgan o‘tgan yil 4 ta sodir etilgan -75 foizga kamaygan. O‘g‘irlik jinoyati 58 ta sodir etilib, o‘tgan yili 75 ta sodir etilgan                      -22,7 foizga kamaygan. Bezorilik jinoyati 10 ta sodir etilgan o‘tagn yili 14 ta sodir bo‘lgan -28,6 foizga kamaygan, odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l transport xodisalari 1 ta sodir bo‘lgan o‘tgan yili 3 ta sodir etilgan -66,7 foizga kamayishiga erishilgan.

Shaxslar kesimida jinoyatlar tahlil qilinganida voyaga yetmaganlar, yoshlar, mast, ishlamaydiganlar, guruhlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan yilga nisbatan kamaygan.

Bundan tashqari, jinoyatlarni jilovlash, huquqbuzarliklarni barvaqt profilaktika qilish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish, xamkorlikni to‘g‘ri va samarali yo‘lga qo‘yish orqali jinoyatlarni tubdan kamaytirish maqsadida shahardagi barcha mahallalarning kreminogen vaziyati va aholi sonidan kelib chiqqan xolda «qizil», «sariq» va «yashil» toifalarga ajratilgan.Bu orqali har bir «qizil» va «sariq» mahallalarda huquqbuzarlik sodir etilishi yuqori bo‘lgan obyektlar ya’ni bozor, ko‘ngilochar joylar va boshqa joylarlar, jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar (ishsizlar, tibbiyot xisobidagi shaxslar va boshqa shaxslar) toifaga qarab ajratilib, «jinoyat o‘choqlari» aniqlanib, aniq chora-tadbirlar belgilanib jinoyatlarni jilovlash bo‘yicha tunu-kun profilaktik ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, shahar hokimligi, huquq-tartibot idoralari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari «qizil» va «sariq» toifadagi mahallalarga shaxsan mas’ul etib biriktirilib, ular har kuni 1 soat jinoyatchilikning ahvolini tahlil qilib borish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Shahar hududida jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha tungi guruhlar faoliyati kuchaytirildi. Viloyat IIB JXX JTSB PPX xodimlari bilan hudud profilaktika inspektorlari va hudud tezkor vakillari mahallada tungi guruhda xizmat olib bormoqda, shahar IIBda rahbariyatdan mas’ul bo‘lgan o‘rinbosarim va uning 2 nafar yordamchisi tungi guruh faoliyatini tekshirib. Ular tomonidan amalga oshirilgan ishlarni sarxisob qilib borishmoqda. Har bir mahallada sodir etilgan jinoyat bo‘yicha sektor rahbarining shaxsan o‘zi hududga borib, jinoyatning sabab va shart-sharoitlarini o‘rganib muxokama qilib bormoqda.                 

Termiz shahrida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda zimmamizga yuklatilgan vazifalarning bekamu-ko‘st, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaymiz, bundan buyon katta mas’uliyat va javobgarlikni his etgan holda, tunu-kun xizmat qilib, Prezidentimiz va xalqimizning ishonchini oqlaymiz deb ishontiraman.

Xalqimiz va Prezidentimiz ishonchini oqlash uchun xodimlarning ishga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirishga, o‘z kasbiga vijdonan yondashib xizmat qilishlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratamiz.

Ushbu vazifalarni bajarish uchun Ichki ishlar boshqarmasi soxaviy xizmatlarining imkoniyati  va salohiyati yetarlidir.