Termiz shahrida 90 nafar o‘quvchi maktabni oltin va kumush medallar bilan tamomladi.

2023-2024-o‘quv yilida Termiz shahridagi maktablarning 11-sinfini jami 2 ming 891 nafar yigit-qizlar tamomlashdi. Ularning 86 nafari oltin, 4 nafari kumush medallarga munosib ko‘rildi.

Tadbirda Termiz shahar hokimi O‘.I.To‘rayev, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Tashpulatov, shahar sektor rahbarlari, faol nuroniylar, o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarga medallar tantanali ravishda topshirildi.

Uchrashuvda bugungi kun yoshlariga yaratilayotgan keng imkoniyatlar e'tirof etildi va kelgusida oliy ta'lim dargohlarida tahsil olib, yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlari uchun bitiruvchilarga katta ishonch bildirildi.

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati