Yoshlar oyligi doirasida «Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik» shiori ostida Termiz shahar hokimi tashabbusi bilan Rossiya federatsiyasi Ryazan viloyati “Temir yo’lchi” tumanida migratsiyadagi yoshlar o‘rtasida “Mini futbol” sport o’yini bo’yicha “YOSHLAR FESTIVALI” musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa ishtirokchilariga bayram dasturxoni tashkil etilib, g’oliblarning oila a’zolari Termiz shahar hokimi O’. To’rayev boshchiligida sektor rahbarlari ishtirokida estalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Migratsiyadagi hamshaharlarimiz ham masofaviy tarzda jarayonda ishtirok etishdi va o’z fikr-mulohazalarini, taklif va tashakkurlarini bildirib o’tdilar

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati