Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri kichik halqa yo‘li tarkibidagi 4R23N avtomobil yo‘lining rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.

Investisiya dasturiga asosan amalga oshirilayotgan mazkur loyihaning birinchi bosqichda 1,5 km qismini ta’mirlash belgilangan. Hozirda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Viloyat rahbari qurilish jarayonlari bilan tanishib, shahar rahbarlari va soha mutasaddilariga ishlarni tizimli tashkil etish, yo‘l rekonstruksiyasi bilan birga infratuzilmani ham birgalikda bunyod etib borish vazifasini topshirdi.