Yoshlar va rahbarlar yurish marofonida ishtirok etishdi!
Termiz shahrida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan yoshlar sayli doirasida yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Viloyat sektor rahbarlari, korxona va tashkilotlar hamda idoralar mutasaddilari vohamizning minglab yoshlari bilan shahar markazidagi Mustaqillik maydonidan San’at saroyi majmuasigacha bo‘lgan masofani bosib o‘tishdi.
Yoshlar sayli tadbirlari San’at saroyi majmuasida taqdirlash marosimlari, galakonsert tomoshalari bilan ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi.