Termiz shahrida og‘ir hudud toifasidagi mahallada qilingan ishlar bilan tanishildi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifidan so‘ng, kunning ikkinchi yarmida Termiz shahridagi og‘ir hudud sifatida tanlab olingan Temiryo‘lchi mahallasida infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shahar sektor rahbarlari mahallada bajarilgan ishlar va kelgusidagi rejalar xususida taqdimot qilishdi. Mahalla “yettiligi” o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi.
Viloyat rahbari mahalla bo‘ylab yurib, bajarilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Mahallaning o‘sish nuqtalari, drayver sohalari bilan qiziqdi. Aholi bilan muloqot qilinib, murojaatlari tinglandi hamda mas’ullarga muammolarni hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, sektor rahbarlari va mahalla “yettiligi”ga aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish, mahallani bir oy muddatda “yashil” toifaga o‘tkazish vazifalari topshirildi.