Qurbon hayitida shahar avtobuslari yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi
Surxondaryo viloyati transport boshqarmasi tomonidan Qurbon hayitining birinchi kunida aholiga jamoat transporti xizmatini qulay qilish maqsadida Termiz shahridagi yo‘nalishli avtobuslar harakatini tongi soat 04:00 dan boshlaydi.
Shuningdek, Qurbon hayitining birinchi kuni, 16-iyun sanasida “Termiztransxizmat” filiali hamda "AngorAvtotrans" DUK tasarrufidagi 1, 3, 5, 6, 7, 8, 15, 17, 245, 246-sonli yo‘nalishlardagi avtobuslar tongi soat 04:00 dan 09:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.