“GULISTON” MАHАLLАSIDА SАYYOR QАBUL OʼTKАZILDI

“GULISTON” MАHАLLАSIDА SАYYOR QАBUL OʼTKАZILDI
Bugun, 5-noyabr kuni 1-sektor shtabida Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiev rahbarligida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul oʼtkazildi. Unda shahardagi barcha mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Oʼtkazilgan qabulda 70 nafar fuqarolar tomonidan 80 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan boʼlib, shundan aksariyati communal sohalarda, shuningdek subsidiya tartibida uy-joy olish, imtiyozli kredit olish, moddiy yordam, tibbiy yordam, ishga joylashish va boshqa masalalardagi fikrlari tinglandi. Shahsiy va huquqiy masalalarda ham murojaat qilgan fuqarolarga oʼz oʼrnida huquqiy tushuntirishlar berildi. Fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlarning ayrimlari joyida ijobiy yechimini topdi.
Qabul davomida yechimi vaqt talab etadigan masalalar boʼyicha masʼullarga koʼrsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.