Bugun “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahalla yoshlari o‘rtasida Futbol va Mini futbol bo‘yicha "DXX Kubogi-2024" Termiz shahar bosqichi musobaqasi final o‘yini g'oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi

Xabarlaringiz bor, shahrimizda joriy yilning aprel-may oylari davomida besh bosqichli “5 tashabbus olimpiadasi” doirasida mahalladagi yoshlar o‘rtasida sportning Futbol va Mini futbol sport turlari bo‘yicha “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalari juda qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

​“Davlat xavfsizlik xizmati” kubogi doirasida bo‘lib o‘tgan Futbol musobaqasida shahrimizdagi 37 ta mahalla yoshlar yetakchilari tomonidan jami 37 ta jamoa shakllantirilib, musobaqalarga 592 nafar yoshlar qamrab olindi.

Bugun Termiz shahridagi “Yoshlar saylgohi” da tantanali ravishda g’olib jamoalar munosib taqdirlandi.

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati