Ichimlik suvi o‘chirilayotgan mahallalarda maxsus texnikalar yordamida suv yetkazib beriladi.
Termiz shahri Tinchlik mahallasida joylashgan "Shimoliy darvoza" guruhli suv ishlab chiqarish inshootida ta'mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan bugun, 5-iyun kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha Termiz shahrining quyidagi mahallalarida suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
➖ Tinchlik;
➖ Baynalmilal;
➖ Saxovat;
➖ Navro‘z;
➖ Farhod;
➖ Do‘stlik;
➖ Shodlik;
➖ "Abdurahmon Jomiy";
➖ Majnuntol mahallalari.
Suv ta’minoti vaqtincha o‘chirilayotgan mahallalar aholisiga zaruratga ko‘ra ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida yetkazib beriladi.
«Surxondaryo suv ta’minoti» MChJ yetkazilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so'raydi.