TERMIZ SHAHAR HUDUDI O`ZGARDI

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2019 yil 14 dekabrdagi SQ-561-III va viloyat hokimining 2020 yil 6 yanvardagi Q-8-sonli qarori va Termiz shahar hokimining qarorlari ijrosini sifatli ta`minlash maqsadida shahar hokimligining ishchi guruhi tomonidan shahar hududi tarkibiga yangidan qo`shilgan mahallalar holati(Termiz tumani tarkibdagi) va undagi ijtimoiy ob`ektlarni joylashuvi, sharoitlari, mavjud muammolari va ushbu mahallalar to`g`risida barcha ma`lumotlarni yangidan shakllantirish maqsadida o`rganish tashkil etildi. O`rganish natijasida aniqlangan mavjud muammolar ro`yhati shakllantirilib bartaraf etish uchun tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Ishchi guruh tomonidan o`rganish ishlari davom ettirilmoqda.