“Jaholatga qarshi ma’rifat” targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyot va xalqaro munosabatlar fakulteti dotsent o‘qituvchisi Z.Sodiqov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali o‘qituvchisi A.Jo‘rayev institut o‘qituvchi Va talabalari ishtirokida ijtimoiy-ma’naviy muhitini sog‘lomlashtirish bo‘yicha “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Shuningdek, uchrashuvlar davomida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, turli ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish, yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz asosida vatanparvarlik, fidoyilik va yaratuvchanlik ruhida tarbiyalash hamda aholini, ayniqsa, yoshlarni diniy mutaassiblik, turli yot g‘oyalar tahdidlaridan himoyalanish yo‘llari haqida ma’ruzalar qilindi va “Tinchlik qadri” nomli videofilm namoyish etildi.

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati