Surxondaryo viloyati hokimi Ulugābek Qosimov Termiz shahri va Angor tumanida bir qator sohadagi loyihalarning borishi bilan tanishdi
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri va Angor tumanida axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar hamda qurilish sohasidagi loyihalarning borishi bilan tanishdi.
Xususan, “UMS” MChJning Termiz shahridagi savdo ofisida axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mobil operatorlarning faoliyati yuzasidan taqdimotlar qilindi.
Shuningdek, Termiz shahrida “IT park” va “IT academiyasi” filiali va renovatsiya asosida ko‘p qavatli turar-joylar qurilishi, 12-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internati va “Alpomish” sport majmuasidagi ta’mirlash ishlarining borishi hamda Angor tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivida turar-joylar, ijtimoiy soha obyektlari hamda hududdagi yo‘l qurilishi ishlari bilan tanishildi.