Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ochiq muloqot o‘tkazildi.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida boshqarma va tashkilotlar mutasaddilari, axborot xizmatlari rahbarlari ishtirokida Termiz muhandislik-texnologiya institutida OAV vakillari hamda blogerlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda vohamizda keng ko‘lamli islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan loyihalar, kelgusidagi rejalar xususida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, faollar tomonidan ko‘tarilayotgan murojaat va masalalarning hal etilishi, hududlar, tarmoqlar va sohalar kesimida tahlil qilindi.