RASMIY MUNOSABAT

“Shodlik” mahallasi hududida joylashgan 2-qavatli turar-joy binolari shaharning tasdiqlangan Bosh rejasiga asosan buzilib, o`rnidan zamonaviy ko`p qavatli turar-joy binolari qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, qurilish tashkiloti “Logistics Trans Service” MCHJ tomonidan 2 qavatli turar-joy binolarining qurilish osti yer maydonini “Surxon Rieltor Servis” MChJning 26.08.2021-yildagi 1/9A-sonli ochiq auksion savdosi natijasi bayonnomasiga asosan 1060,0 kv.metr.yer maydoni bo‘yicha “Logistics Trans Service” MChJ g‘olib bo‘lgan va shunga ko‘ra, viloyat qurilish Bosh boshqarmasi tomonidan 07.10.2021-yildagi 29524-sonli arxitektura rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqilgan.

Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.04.2022-yildagi “Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 200 -sonli qarorining 4-ilovasida loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelishish uchun Surxondaryo viloyati qurilish Bosh boshqarmasi huzuridagi arxitektura shaharsozlik kengashining ijobiy xulosasi olinishi va 5-ilovasida qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g‘risida viloyat qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasiga habarnoma yuborib davlat ro‘yxatidan o‘tgan holatda qurilish ishlarini olib borilishi belgilab qo‘yilgan bo‘lsada, bugungi kunda “Logistics Trans Service” MChJ tomonidan ruxsat beruvchi shaharsozlik hujatlarini to‘liq «27» oktabr 2023 y. 03-03/485-son Termiz shahrida rasmiylashtirmasdan o‘zboshimchalik bilan ko‘p qavatli turar-joy binosi 2-qavatining qurilish-montaj ishlari olib borilganligi aniqlandi.

Hozirgi kunda ushbu mas’uliyati cheklangan jamiyati ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, sud qarori bilan aybdor deb topilgan. Shunga ko‘ra, ushbu masalada bugungi kunda boshqa tashabbuskor tadbirkor jalb etilgan.