Termiz shahridagi “A.Jomiy” mahalla fuqoralar yig‘inida joylashgan shahardagi 9-son tergov hibisxonasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar bilan maʼnaviy– maʼrifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib otdi.

 

9-son tergov hibisxonasida “Ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli maʼnaviyatga tayanamiz!” mavzusida maʼnaviy – maʼrifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib otdi.

Tadbirda shahar Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi rahbari F.Abdumannotov, shahar deputati 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi D.Normuradova va 9-son tergov hibisxonasi hodimlari tomonidan mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdi.

Tadbir so‘ngida F.Abdumannotov tomonidan 9-son tergov hibisxonasiga turli hildagi badiiy kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.

Тermiz shahar hokimligi Axborot xizmati