“Jaholatga qarshi ma’rifat” targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali o‘qituvchisi A.Jo‘rayevi targ‘ibot guruhi tomonidan Termiz iqtisoslashtirilgan san’at maktabida o‘quvchi va ularning ota-onalari ishtirokida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Uchrashuvlar davomida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, turli ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish, yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz asosida vatanparvarlik, fidoyilik va yaratuvchanlik ruhida tarbiyalash hamda aholini, ayniqsa, yoshlarni diniy mutaassiblik, turli yot g‘oyalar tahdidlaridan himoyalanish yo‘llari haqida ma’ruzalar qilindi va “Tinchlik qadri” nomli videofilm namoyish etildi.
Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati