Vohamiz vakilasi O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi

 

Toshkent shahridagi “Holiday Inn” mehmonxonasida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha oliy ligada dona surayotgan erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bahslari yakunlandi.

Sovrin jamg‘armasi 75 ming AQSh dollari bo‘lgan chempionatning qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarida surxondaryolik Umida Omonova 17 imkoniyatdan 14 ochko to‘plab, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi va 7,5 ming AQSh dollari mukofoti sohibiga aylandi.

Vohadoshimiz Umida Omonova va uning yaqinlari hamda murabbiylarini ushbu g'alaba bilan muborakbod etamiz!