Termiz shahar hududida doimiy ravishda yer nazorati tadbirlari amalga oshirilmoqda ...
Shu o‘rinda eslatma! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilmalar qurib olish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Kadastr agentligining topshirig‘iga asosan "Dolzarb 40-kunlik" loyihasi doirasida Yer nazorati ishlarini faollashtirish, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni aniqlash va qonun buzilish holatlariga nisbatan keskin choralarni ko‘rish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Kadastr agentligi Termiz shahar bo‘limi inspektorlari tomonidan shaharning "Surhon sohili" mahallasi, Yoshlar ko‘chasida joylashgan "Termiz qurilish mollari" MCHJ bozori hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar tomonidan savdo do‘konlariga tutash bo‘lgan avtomobil yo‘li muhofaza hududiga tegishli bo‘lgan yer maydonlaridan o‘zboshimchalik bilan qurilish materiallarini sotish maqsadida joylashtirilganligi aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan tadbirkorlarga yer qonun buzilish holatlari bo‘yicha ma'muriy va jinoiy javobgarlik mavjudligi tushuntirilganda fuqarolar tomonidan o‘z hohishi bilan yer maydonlari o‘z holatiga qaytarilishi ta'minlandi.
Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati