Milliy xalq o‘yinlari va tomosha san’ati yo‘nalishi g‘oliblari taqdirlandi

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining taqdirlash marosimida milliy xalq o‘yinlari va tomosha san’ati yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalarga pul mukofotlari va statuetkalar tantanali topshirildi.

Quyida yo‘nalish g‘oliblari bilan tanishing:

1-o‘rin - “Ko‘zmunchoq” jamoasi /Toshkent viloyati/

2-o‘rin - “Besh tosh” jamoasi /Jizzax viloyati/
2-o‘rin - “Meros” bolalar jamoasi /Qoraqalpog‘iston Respublikasi/

3-o‘rin - “Qoratog‘” jamoasi /Tojikiston/
3-o‘rin - “Sayxun yigitlari” jamoasi /Sirdaryo viloyati/
3-o‘rin - “Yaritsa” xalq jamoasi /Belarus/

Nominatsiyalar bo‘yicha:
➖ Eng noyob xalq tomoshasi uchun - “Surxon” dorbozlari jamoasi /Surxondaryo viloyati/
➖ Milliy urf-odatlarning eng yaxshi talqini uchun - “Surxonim mard o‘g‘lonlari” milliy dorbozchilar jamoasi /Surxondaryo viloyati/
➖ Eng ahil jamoa uchun - “Oypari” jamoasi /Jizzax viloyati/
➖ Voha folklori va tomosha san’atining targ‘ibotchisi – “Zanjir saroy” jamoasi /Qashqadaryo viloyati/
➖ Folklor va tomosha san’atining eng yaxshi targ‘ibotchisi - “Bulbuligo‘yo” jamoasi /Surxondaryo viloyati/.