SAYYOR QABUL: BUGUNGI KUN MUAMMOLARINING IJOBIY YECHIMI
Mamlakatimizda davlat organlarining xalq oldidagi hisobdorligini kuchaytirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar tobora qizg‘in tus olmoqda. Ayni jarayonda xalq bilan ochiq muloqot o‘tkazish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan-masalalarni qonun talablari asosida hal etish va pirovardida inson manfaatlarini ta’minlash muhim o‘rin tutmoqda.
Bugun shahar hokimi O‘.To‘rayev boshchiligida o‘tkazilgan qabulda 100 ga yaqin fuqarolar tomonidan asosan uy-joy, moddiy yordam, ishga joylashish, sog‘ligini tiklash, kommunal sohalarda va boshqa masalalardagi murojaatlari tinglandi. Bajarilishi muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati.