Jaholatga qarshi ma’rifat bilan
Surxondaryoda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, oliy ta’lim muassasalari professor o‘qituvchilari va diniy soha vakillaridan iborat targ‘ibot guruhi tomonidan davlat tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, Termiz shahrida o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, turli ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatni oshirish hamda aholini, ayniqsa yoshlarni diniy mutaassiblik, turli yot g‘oyalar tahdidlaridan asrash yuzasidan ma’ruzalar qilinib, “Tinchlik qadri” nomli videofilm namoyish etildi.