Termiz shahrida "Jaholatga qarshi-ma'rifat" targ‘ibot tadbirlari bo'lib o'tmoqda.
Bugun, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Respublika qaytaruv guruhi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi , Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari, shahar targ‘ibotchilari, Akademiya huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo mintaqaviy filiali Ijtimoiy va mutaxassislik fanlari kafedrasidan, shahar hokimligi, DXX, IIB mas'ul xodimlari, oliy ta'lim muassasasi professor oʻqituvchilari va diniy soha vakillaridan iborat tuzilgan targʻibot guruhi tomonidan Termiz shahar hokimligi, ta'lim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, iqtisodiyot, bank-moliya, soliq, kommunal, tadbirkorlar, sotuvchilar, xizmat koʻrsatish soha rahbar-xodimlari va oʻquvchi yoshlarning ota-onalari hamda uyushmagan yoshlar ishtirokida "Jaholatga qarshi ma'rifat" shiori ostida targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Tadbirlarda bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, olib borilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar xususida fikrlar bildirildi hamda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularni oldini olish masalalari, yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtilmoqda.
Shuningdek, uchrashuvlar davomida “Jaholatga qarshi-ma'rifat” mavzusida ma'ruza qilinib, tumanda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sogʻlomlashtirish, turli ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish, vatanga boʻlgan mehr-muhabbatni oshirish hamda aholini, ayniqsa yoshlarni diniy mutaassiblik, turli yot gʻoyalar tahdidlaridan oʻzini asrashi yuzasidan ma'ruzalar qilindi va “Tinchlik qadri” nomli videofilm namoyish etildi.