Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “Tinchlik sanoat zonasi”da amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “Tinchlik sanoat zonasi”da amalga oshirilayotgan ishlar, viloyatdagi mavjud konlar, geologiya qidiruv ishlari hamda xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi yuzasidan taqdimotlar bilan tanishdi.
Shuningdek, Angor tumanida “Stone City Energe B.V” kompaniyasi tomonidan 1500-1600 MVt quvvatga ega bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi qurilishi, “Durdona Asila Angor” MChJning polietilen paketlar ishlab chiqarish loyihasi hamda “Tanovar Surxon” MChJning 13,5 gektarlik issiqxonasida mahsulot yetishtirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.