TERMIZ SHAHRIDA NAVBATDAGI JINOYATCHILIK MUHOKAMASI O‘TKAZILDI

Jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishda javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash bilan birga, jamoatchilik ishtirokida jinoyat va uning salbiy oqibatlarini muhokama qilib borish ham sodir etilishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olishga xizmat qiladi.

Shahar IIB rahbariyati hamda Termiz shahar hokimligi tomonidan mahallalarda doimiy o‘tkazib kelinayotgan jinoyatchilik muhokamasi tadbirlari ham ayni maqsadlarga qaratilgan.

Yig‘ilishda, atrofda bo‘layotgan har qanday voqea va hodisaga e’tiborli bo‘lish, unga dahldorlik hissi bilan yashashgina jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishdagi eng samarali vosita ekanligi tushuntirildi. Uchrashuvlarda jamoatchilik bilan hamkorlikdagi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, fuqarolarni huquqiy ongini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni muntazam amalga oshirib borishga kelishib olindi.

Тermiz shahar hokimligi Axborot xizmati