Og‘ir atletika sport turi bo‘yicha Surxondaryo viloyati chempionati musobaqasi o‘tkazildi.
Viloyatimizda sportning og‘ir atletika turini ommaviylashtirish va yanada rivojlantirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Hususan, joriy yilning 11 may kuni “Surxon” sport majmuasida Termiz shahar hokimligi, viloyat sport boshqarmasi va viloyat og‘ir atletika federatsiyasi hamkorligida 2009 yilda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi o‘smirlar va qizlar o‘rtasida og‘ir atletika sport turi buyicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in kurashlarga boy bo‘lgan musobaqada 150 nafardan ortiq yosh og‘ir atletikachilar g‘oliblik uchun bellashib, o‘z mahoratlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazishdi.
Musobaqa yakunida g‘oliblar medal, diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Тermiz shahar hokimligi Axborot xizmati