Termiz shahrida yangi 5 yulduzli mehmonxona, zamonaviy restoran hamda “Kongress Hall” qad rostlashi rejalashtirilmoqda.

Termiz shahridagi ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish va hajmini ko‘paytirish, zamonaviy xizmatlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish, shuningdek, aholini ish bilan ta’minlash va ularning daromad manbailarini kengaytirish maqsadida Termiz shahrida yangi 5 yulduzli mehmonxona, zamonaviy restoran hamda “Kongress Hall” qad rostlashi rejalashtirilmoqda. Ushbu masalalar yuzasidan Termiz shahar hokimi O’.To’rayev “Enter Engineering” qurilish kompaniyasi mutaxassislari bilan uchrashuv o’tkazgan edi va belgilangan hududlar ko’zdan kechirilgan edi.

Bugun, ushbu qurilish ishlarini boshlash oldidan jonliq so‘yilib, qur’on tilovat qilindi. Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari A.Amirov, Termiz shahar hokimi O‘.To‘rayev, faol nuroniylar, kompaniya mas’ullari va quruvchilar ishtirok etishdi.

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati