Uch avlod vakillarini birlashtirgan uchrashuv
Yoshi ulug’ insonlarning hayot yo’llari har doim yoshlar uchun ibrat maktabi bo’lib kelgan. Ularning duolari navqiron avlodga kuch-quvvat, g’ayrat-shijoat bag’ishlaydi. Keksalarni hurmat qilish, ularga e'tibor va g’amxo’rlik ko’rsatish jamiyatimizning o’ziga xos yuksak ma'naviyati va madaniyatining belgisidir.
Bugun Termiz shahridagi 1-sonli umumtalim maktabida "UCH AVLOD UCHRASUVI" tadbiri bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda "Nuroniy" jamg’armasi Termiz shahar bo’limi raisi T.Berdiyev, O’zbekiston qahramoni R.Muxammadiyev, "Bog’zor" MFY "Keksalar maslahati" guruhi rahbari T.Abramatov, faol nuroniy Sh.Xodjayev, maktab direktori, o’qituvchilar hamda o’quvchi yoshlar ishtirok etishdi.
Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati