Hududlarda “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi
Hududlarda “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-maydagi ““Hududlarda yoshlarga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni o‘rganish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan “IT-shaharcha”lar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-178-son Qarori”ga asosan, hududlarda yoshlarni raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarga o‘qitishga yo‘naltirilgan
“IT-shaharcha”lar tashkil etiladi.
Quyidagilar “IT-shaharcha”larning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:
- yoshlarni raqamli texnologiyalar sohasiga yo‘naltirish, ularning mazkur sohada bilim egallash bo‘yicha intilishlarini rag‘batlantirish;
- seminarlar, mentorlik dasturlari va onlayn ta’lim resurslari orqali yoshlarda ularning mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishishiga yordam beruvchi raqamli texnologiyalar sohasidagi ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish;
- dasturlash va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishlarida ta’lim berish, xorijiy tillar, shu jumladan ingliz tiliga o‘qitish orqali yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish;
- yosh avlodni zamonaviy kasblarga o‘qitish, shuningdek, ularda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini oshirish.
Muallif: Termiz shahar
adliya bo‘limi boshlig‘i A.Jabborov