Angor tumanida ilg‘or terimchilar taqdirlandi

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumani “Tallimaron” hududidagi “Mamurqulov Shoqul” fermer xo‘jaligining paxta dalasida bo‘lib, yig‘im-terim ishlari bilan tanishdi. Dalada yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirib, ilg‘or terimchilar va nuroniylar bilan suhbatlashdi.

Mas’ullarga yig‘im-terim ishlarini uyushqoqlik bilan davom ettirish, terimchilar uchun dalaning o‘zida issiq ovqat, ichimlik suvi va boshqa zaruriy sharoitlar bo‘lishini doimiy nazorat qilib borish vazifasi topshirildi.