Ilg‘or terimchilar rag‘batlantirildi

Hozirda viloyatning barcha hududlarida bosqichma-bosqich terim ishlari boshlanmoqda. Xususan Muzrabot tumanida ham paxta terimi qizg‘in davom etmoqda.

Bugun tumanda bo‘lgan viloyat rahbari dalalarda paxta terayotgan terimchilar bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi. Ilg‘or terimchilarning mehnatlari e’tirof etilib, ularga sovg‘alar topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida, Muzrabot tumanida 9 200 gektar maydonda paxta yetishtirilgan bo‘lib, davlatga 31 280 tonna tola sotish reja qilingan.