Poytaxtimizda “Zakovat” o‘yini bo‘yicha I Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tmoqda
Xususan, turnirda 14ta davlatdan 55 ta jamoa ishtirok etmoqda.
Ishtirokchilar O‘zbekiston, Rossiya, Isroil, Kipr, Germaniya, Armaniston, Qozog‘iston, Belarus, BAA, Latviya, Daniya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlardan tashrif buyurgan. Turnir doirasida jamoalar “Zakovat” o‘yinining sportcha versiyasi hamda Breyn-ring o‘yini bo‘yicha bellashishmoqda.
Tashkilotchilarning qayd etishicha,
“Zakovat” o‘yinining sportcha versiyasida g‘olib jamoalar quyidagi miqdorda taqdirlanadi, jumladan,
1-o‘rin: 100 million so‘m;
2-o‘rin: 60 million so‘m;
3-o‘rin: 40 million so‘m.
Breyn-ring o‘yinida zafar quchgan jamoaga maxsus tayyorlangan I Osiyo ochiq chempionati kubogi topshiriladi.
Turnirning tantanali yopilish marosimi bugun, 13 avgust kuni soat 20:00da “O‘zbekfilm” pavilonida bo‘lib o‘tadi.