Gulxan atrofida – yoshlar bilan noan’anaviy, o‘zgacha formatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Shuning uchun ham yurtimizda yoshlar masalalari davlat siyosati darajasiga chiqqan bo‘lib, bugungi kunda ular bilan manzilli ishlashning yangicha tizimi joriy qilinmoqda.
O‘z navbatida, yoshlar bilan uchrashish xususida Surxondaryo viloyatida Termiz shahar 2-sektor hududidagi mahallalar orasida ushbu tizimni namunali tashkil etish maqsadida “Do‘stlik” mahallasi tanlab olingan.
Uchrashuvda 2-sektor rahbari, Termiz shahar prokurori X. Mamatqulov ishtirok etdi. 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan shahar fuqarolari tashrif buyurishdi. Madaniy tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.