Termiz shahar hokimi O‘.To‘rayev faxriy o‘qituvchilar va ta’lim sohasi vakillari bilan uchrashdi
Ushbu vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini va pedagog xodimlarning salohiyatini oshirish maqsadida Termiz shahar hokimi va sektor rahbarlari ko‘p yillik pedagogik tajribaga ega faxriy o‘qituvchilar, faol nuroniylar, umumta’lim maktablari direktorlari va o‘rinbosarlari, tajribali ustozlar va yosh o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv o‘zaro va samimiy muloqot tarzida o‘tkazilib, ustozlarning taklif va tavsiyalari tinglandi hamda umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, farzandlar ta’lim-tarbiyasida o‘qituvchilar va otalar rolini oshirish bo‘yicha asosiy vazifalar belgilab olindi.