Surxondaryoda saylov yuksak saviyada o‘tadi
Markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan tadbirda okrug saylov komissiyasi raisi Abdisalom Xo‘jaqulov joriy yil 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan saylovga tayyorgarlik va 28-5 iyul kunlari o‘tkazilgan muddatidan oldin ovoz berish yakunlari haqida malumot berdi.
Matbuot anjumani yakunida Markaziy saylov komissiyasidan akkreditatsiyadan o‘tgan bir guruh jurnalistlarga guvohnoma va saylov jarayonlarini yoritish bo‘yicha amaliy qo‘llanma topshirildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.